AsosiyFanlarKitoblarReyting
Qo‘llab-quvvatlash

O‘quvchilar va abituriyentlar uchun bepul testlar va kitoblar. Testlar doim bepul.

Loyihani qo‘llab-quvvatlash

Platforma

  • Fanlar
  • Kitoblar
  • Reyting
  • Kabinet

Loyiha

  • Qo‘llab-quvvatlash
  • Telegram: @bilgo_uz_bot

Huquqiy

  • Maxfiylik siyosati
  • Foydalanish shartlari
  • Hisobni o‘chirish

© 2026 Bilgo · Barcha huquqlar himoyalangan

AsosiyFanlarKitoblarReyting
← Qissai Sayfulmuluk8 / 11

8-qism

Chu quvvat yo‘q edi bir zarra tanda, Tinib pushta uza o‘lturdi anda.

Zamoni tindiyu turdiyu keldi, Daru, devorini ko‘rdiyu bildi.

Dedi munda bashar ermas paridur, Agar yo‘qtur pari, devning yeridur.

Aning eshikini ko‘rdi kushoda, Xudo deb kirdi anda shohzoda.

Ko‘rung shahzodani maydong‘a kirdi, Ki bosh o‘ynag‘ali mardona kirdi.

Ko‘rarkim chorbog‘i xo‘bu ra’no, Ne turluk meva desang anda paydo.

Ochilib gullaru, nozik chechaklar, Ki chulg‘onib nihol ila pechaklar,

Yurubon sayr qildi hech joni yo‘q. Base ra’no chamankim dar jahon yo‘q.

Taqi o‘rtasida bir ko‘shki oliy, Munaqqash hujralardur bori xoli.

Havas birla yasabtur anda bir ev, Haram qilg‘an emish oni shahi dev.

Eshigiga solibtur qufli oltun, Munungdek yerga keldi shoh majnun.

Kalidi yo‘q aning quflini ochqay, Nedur uyning ichinda oni boqqay.

Sug‘urdi boltasin quflini urdi, Eshikni ochibon ul uyga kirdi.

Latif uy ko‘rdi, la’lu, javhar anga, Nekim qiymatbaholiq gavhar anda.

Taqi o‘rtasida bir ko‘shk qo‘rg‘on, Tubinda bir murassa’ taxt qurg‘on.

Shahzoda devning uyinda bir qiz ko‘rub, so‘zlashgoni va yoridin xabar topgoni

Ne ko‘rdi shoh ul uyda, eshitgil, Quloq solib, farog‘at qilu ketgil.

Ki taxt uzra yotibdur bir nimarsa, Chu shah ko‘rgan emas mundog‘ kimarsa.

Olib chodirshabini ochti yuzdin, Ko‘rar bir nozanini joni shirin.

Yotibdur taxt uza bir mohpora, Yuzin ko‘rgach yaqosin qildi pora.

Necha tebratti ul uyg‘onmadi hech, Base turdi boshining ustida kech.

Agar o‘luk desa anda nafas bor, Vale to‘tisi oldida, qafas bor,

Yilondek pech urub sofi yonida, Ki jon boru harakat yo‘q tanida.

Boshining ustida bir lavhi oltun, Base qilg‘on bu taxtag‘a jigar xun.

Dedikim turmog‘im hikmatdin ermas, Bu taxta qolsa ham davlatdin ermas.

Turub bu taxtani ilkiga oldi, Taqi bir ggora dur qo‘ynnga soldi.

Olib chiqti eshikka lahza turdi, Bu qiz unning ichida atsa urdi:

Chu boqsa o‘lturubtur nozanine, Yonib kirdi, sog‘indi uyqusini..

Yana taxta bo‘lubon bordi o‘zdin, Ko‘zin yumdi, taqi qoldi so‘zdin.

Tafahhus qilsa bu lavh ichradur band, Qilibdurlar aiing uyqusishg band;

Agar ul lavhani tashqori qo‘ysa, Turubon o‘lturub uradur atsa.

Bu kez tashqori otti taxtani shoh, Qo‘pub o‘lturdi taxt ustnnda ul moh.

Salom etti tavozu’ birla sulton, Yuziga boqtiyu shoh bo‘ldi hayron

Dedi: «Yorab pari, yo odamidur, Muningdek yerda! devning hamdamidur?»

Bo‘lub hayron bu qiz ham dedi ul dam, Kela bilmas parixonaga odam.

Qiz aydi: «Ey yigit so‘zla na jonsan Base ma’lum erur dilgir jonsan».

Shoh aytur:—«Ins, jinsan yo parisan, Basharsan, hursan yo shah parisan».

Qiz aytur: «Havl qilma, odamiman, Zaruratdin bu devga hamdamiman».

Turub yig‘lab ko‘rushti ikkalasi, Vale qo‘rqar kelur debon egasi.

Dedi shahzoda: «Mendek zor emishsan, Firoq ilgida ham afgor emishsan.

Nedur holing manga aytg‘il sarosar, Ki bo‘lg‘aymu manga darding barobar?

Oting nedur qayu yerdin bo‘lursan, Sabab nedur kelib munda turursan?»

Qiz ayturkim: «Sen avval so‘zla holing, Eshitaykim na berur mujda foling»

Dedi shahzodakim: «Qissa uzundur, Ki devning oldida odam zabundur».

Qiz aytur: «Dev yana uch kunda kelur, Kelib yaxshi-yomon holimni bilur.

Kelur me’yori yetti kunda kelur, Turur uch kun taki ovora bo‘lur.

Meni ul band etibdur hech bilmon, Eturman, eshiturman, so‘zlay olmon,

Bilurman ham aning kelur kunini, Turarman eshitib aning unini.

Ki o‘n bir yil bo‘lubturman giriftor Bu hol ila kecha-kunduz bo‘lub zor».

Shahzoda o‘z holini ul qizga aytgoni

Eshitti ersa qizning so‘zini shoh, Ichi kuyub, yolindek urdi bir oh,

Dedi: «Emdi mening holim eshitgil, G‘alat ermastur, ey jon chin tutgil,

Otamning oti Osim ibni Safvon, Erur ul Misr iqlimida sulton.

Mening otim turur Sayfulmuluk bil, Eshitib holimi yaxshi suluk qil.

Misr iqlimining shahzodasiman, Qi bir surat ko‘rub dildodasiman,

Yonar o‘tg‘a solibon xonlig‘imni, Quli bo‘ldim qo‘yub sultonligimni.

Aning oti Badi’dur bint Shahbol, Yori aning Eram bog‘i budur hol.

Ko‘kaldoshim bor erdi Soid otlig‘, Oramizda yo‘q erdi hech yotlig‘.

Agar ko‘rmasam erdi bir zamoni, Kuyar erdim yana ko‘rguncha oni.

O‘n ikki yil turur andin judoman, Yurub yolg‘uz, g‘aminda mubtaloman,

Qo‘pub to‘fon, chaqilib ra’d ham barq, Ki yuz ming cherikim anda bo‘lub g‘arq.

Qo‘yub erdi Badiim ko‘ksuma dog‘, Yana Soid qo‘yub dog‘ ustina dog‘».

Hakim ko‘rganlarin dedi sarosar, Eshitib yig‘ladi qiz ham barobar.

Ul qizning Badiuljamoldin xabar aytgoni

Badi’ning otinikim qiz eshitti, Yaqosin chok etib faryod etti.

Dedi qizkim: «Ikovlonmiz emukdosh, Erurmiz bir kecha tuqqan egizdosh.

Chu o‘n bir yil turur ayrilg‘aliman, Bu ahvolga giriftor bo‘lg‘aliman,

Aning hajrida kuyar jismu jonim, Qarong‘udur firoqida jahonim.

Necha yillar aning birla yurushtuk, Ona sutin aning birla emushtuk,

Ki ul mandin xabar bilmay turur hech, Meni qo‘ymaslar erdi munda hech kech.

← Oldingi bobKeyingi bob →