7-qism
Yog‘ochqa chiqib o‘lturdi shah onda, Muningdek mubtalo bormu jahonda?
Gahi ostin boqadur, gohi ustun, Magar bo‘ldi tutam xas ming oltun.
O‘zini berkitib bo‘ldi giriftor, Yog‘och boshida qoldi shoh nochor.
Kecha yulduz bari suvda ko‘runur, Bu ikki ko‘k arosinda ko‘runur.
Tushar ul bir balodin bir balog‘a, Kim uchrar ko‘p balolar mubtalog‘a.
Tuganmas dunyada oshiq balosi, Ki bo‘lmasun kishi ishq ibtilosi.
Ichar xunobalar har kunda yuz dam, Aning to‘qlug‘idur hardamda yuz g‘am.
Jahonda nish ko‘rmay no‘sh bo‘lmas, Murodin topmayin oshiq quvonmas…
Agar yuz ming balo kelsa ilakdin, Yuz o‘gurman taqi ushbu tilakdin…
Sayfulmulukni daryo ichidan bir qush olib uchgoni
Malikzoda chu qoldi onda nochor, Ki bo‘ldi uch kecha kunduz giriftor…
Qilur erdi malikzoda tazarru’, Inoyat birla bir rahmi tavaqqu’.
Quloqig‘a sadoyi keldi nogoh, Ko‘zin ochib yuqori boqti ul shoh.
Nazar qildi havog‘a shohi shaydo, Ko‘rarkim bir ulug‘ qush bo‘ldi paydo.
Yozib changalini qush qasd qildi, Yog‘ochning boshidin shah payt bo‘ldi.
Ola bilmay qo‘nub o‘lturdi onda, Erur qasdi aning shohi jahonda.
Dedi shah necha xunoba yutarmen, Na bo‘lsam bo‘layin qushni tutarmen.
Quyidin havli jon ikki oyog‘in, Tutub dediki ichtim marg ayog‘in.
Qush urkub qo‘ptiyu oldiyu uchti, Malikzoda bu manzildin ko‘chti.
Solinib, qush oyog‘ida malikzod, Yuqori qush, quyi daryoyi bedod.
Yopushub tishiyu tirnog‘i birla, Osinibdur to‘ni-uprog‘i birla.
Chu bir kun kecha kunduz uchti tohir, Ki bo‘ldi nogahon bir tog‘ zohir.
Etishti tog‘ning tubiga ul qush, Kelibon oshyonig‘a bo‘lub to‘sh.
Malikzoda aning ko‘rdi yarog‘in, Tushar-tushmas qo‘ya berdi ayog‘in.
Yuqoridan kelib chun yerga tushti, Kim ul yerga base qattiq yopushti.
Yashindi bir qoya tubinda mahkam, G‘animni topmadi filhol ul dam.
Shahzoda bir ajdarni o‘lturub, xalos bo‘lgoni
Chu o‘tdi fursate nogah bir ajdar, Bo‘lub paydo magar olamni tortar…
Bu ajdarga hamisha odat ermish, Ki bu qushning bolosini yer ermish.
Ko‘rub chu qush yilonni hamla qildi, Yilonning og‘zidin o‘tlar choqildi.
Bu qushning uyiga qasd etti ajdar, Ko‘rub shahzoda der ollohu akbar.
Kelib ajdar yopushti qush qiroqdin, Kela bilmay fig‘on aylar yiroqdin.
Malikzoda ko‘rub bu holni qushg‘a, Belin bog‘ladi ajda.rg‘a urushg‘a.
Bor erdi bir tabar-tesha belinda, Keturgan ul zangilarning elinda.
Yurub shahzodakim, urdi beliga, Ki ahsan o‘qudi Mirrix alig‘a.
Kesildi o‘rtadin ajdar qalamvor, Ki qushning dushmani bo‘ldi nigunoor.
Chu qush ko‘rdi yigitning zarb dastin, Tarahhumdin ko‘tardi emdi qvsdin…
Shah ul qushni qotidin ketti botroq. Taniga tegmddi osib tirnoq.
Shahzoda indin ketib, yo‘lbarsg‘a ichragoni
Shukrlar qilibon shoh toqqa tushti, Magar ul bog‘ ila bo‘stong‘a tushti…
Ulug‘ tog‘lar bahaybat, bosiyosat. Bo‘lur tog‘larda yuz ming turli afet.
Tutub yo‘lni tishu-tirnog‘i birla, Yopushti toqg‘a o‘n barmog‘i birla.
Chiqib bo‘ldi tekanda tog‘ boshita, Su bo‘lub toshlari ko‘zin yoshig‘a.
Qorovuldek qarar tog‘u tuzini, Ko‘rar daryo tutubtur yer yuzinya.
Vale bir jonibidur dashtu sahro, Ki bo‘lmas ondakim bir yor paydo.
Kelur har yondin arslonlar tovushi, Yilonlar birla qoplonlar xurushi.
Dedikim suv temay cho‘lg‘a kiroyin, Ne kim oldimg‘a kelganin ko‘royin,
Shavakkul qildiyu indi varog‘a, Chiqar-chiqmasda uchradi balog‘a.
Ko‘rar olinda bir yo‘lbars nogoh, Bulutdek gukradi, hozirdi ul shoh,
Bor erdi bir tabar-teshasi bori, Alinda, zaigilarning yodgori.
Dedi qochqon bila qutulsa bo‘lmas, Boqib turub xotundek o‘lsa bo‘lmas.
Er o‘g‘ulkim qadam qo‘ysa chu yo‘lg‘a, Qadam yo‘lda kerakdur, boshi qo‘lda
Yurudi oldig‘a yo‘q biym zarra, Ochib og‘zini sachrab urdi na’ra.
Tabar-tesha bila urdi engakka, Kesib og‘zin, o‘tub bo‘yun so‘ngakka,
Yiqildi oldida hayvoni harbiy. Tegib shahzodaning kim dast zarbi.
Ki Mirrih ofarin qildi ishiga, Ne tig‘ urmoq ne qon to‘kmak kishiga,
Aning arqosidin bir tasma tildi. O‘zining beliga bar basta qildi,
Yurudi chust chobuk chiqti tog‘din, Ko‘tardi mevalarni misli bog‘din.
Yurudi necha kunlar dasht-cho‘lda, Qush uchmas, qulo tuzlarda, na yo‘lda.
Yurur yumshoq oyoqlari o‘yulub, Toqi nozik tovonlari so‘yulub.
Yangi oydek bulub ingichka bukulub, Yurur yig‘lab ko‘zidin dur to‘kulub.
O‘lum holiga yetti shohzoda, Kecha-kunduz yurur tinmay piyoda.
Shahzoda bir devning chorbog‘ig‘a yetgoni
Kel, ey soqi, keturgil bodai nor, Rivoyat qildi rovi bir xush axbor.
Dedi rovi eshitgil bu xabarni, Vale ko‘rsatmasun tengri zararni.
Qilib manzil-marohillar base tay, Ne yerga tegurur ul sonii hay.
Ko‘rundi oldida bir dasht nogoh, Yurub jon havlida yetti shahanshoh,
Ki chiqti dashtning ustiga ul dam, Ko‘rar oldida bir maydon hurram.
Yaqin tushubturur daryo labinda, Oqar qaynar tengiz aning tubinda.
Tafarruj qilsa jonvor uni kelmas, Tafahhus qilsa qushlar uni kelmas.