AsosiyFanlarKitoblarReyting
Qo‘llab-quvvatlash

O‘quvchilar va abituriyentlar uchun bepul testlar va kitoblar. Testlar doim bepul.

Loyihani qo‘llab-quvvatlash

Platforma

  • Fanlar
  • Kitoblar
  • Reyting
  • Kabinet

Loyiha

  • Qo‘llab-quvvatlash
  • Telegram: @bilgo_uz_bot

Huquqiy

  • Maxfiylik siyosati
  • Foydalanish shartlari
  • Hisobni o‘chirish

© 2026 Bilgo · Barcha huquqlar himoyalangan

AsosiyFanlarKitoblarReyting
← Qissai Sayfulmuluk6 / 11

6-qism

Yopilib fildek ikki qulog‘i, Solinib tevadek ostin dudogi,

Quloqlarig‘a solibon solinjoq, Isirg‘a o‘rnig‘a solur sarimsoq.

Kiyib egniga o‘rmakdin qaro shol, Havas birla igurub ul mahu sol.

Bo‘yini ko‘rsangiz misli minori, Agar og‘zig‘a boqsang misli g‘ori.

Aning har bir qo‘li shoxi chinori, Taqi barmoqlaridur ko‘r mori.

Aning har bir tishi monandi sandon, Necha qilsam sifat, bor oncha chandon.

Tili oning jahannam aqrabidek, Yuziga boqsangiz yaldo tunidek,

Chu burnidur ato-bobosi go‘ri, To‘shugidur magar bir eskn mo‘ri.

Aning har bir ko‘zi misli uzangu, Quloqlari aning eski tebangu.

Bu surat birla qilur ne xayoli, «Yuzum guldur, bo‘yum toza niholi,

Ki bu olamda bir mendek sanam yo‘q, Parilar oshiqimdur, hech g‘am yo‘q.

Ko‘rung mendek sanam bormu jahonda, Meni ko‘rgach bo‘lur shahzoda baada».

Bu tal’at birla keldi shoh qatig‘a, Kirib devlar parilar suhbatig‘a.

Turub shahzoda ham ta’zim qildi, Zaruratdin ani takrim qildi.

Olib zangi qizi shahni qoshig‘a, Yoqindurkim ani suqsa jonig‘a.

Kelib shahzodag‘a chun bo‘yi noxush, Yiqildi sustayib, ham bo‘ldi behush.

Dedi cho‘rilari: «Ko‘rub seni bil, Bo‘lub oshiq o‘zidin bordi bilgil».

Boshini oldiyu tiziga qo‘ydi. Bulut yuzini oy yuziga qo‘ydi.

Qo‘yub fildek labini shah labina, Olib gul g‘unchasini xartumina.

So‘rar la’li labini misli ajdar, Quchar shohi parini devi haftasar.

Dimog‘ig‘a to‘lub bo‘yi xarobi, Chu bo‘ldi mast shoh ichmay sharobi.

Xumor uyqusidin uyg‘otdi shahni, Qaro bulut olib qo‘yniga mahni…

O‘pub dedikim: «Ey jonim nechuksan, Ki mendin boshqa jononim nechuksan?

Mening dardim bila holing nechukdur, Ki mensiz g‘amda ahvoling nechukdur?..»

Dedi shahzoda: «Sensiz men xush erdim, Nigorim yodi birla sarxush erdim.

Sening didoringa men xira bo‘ldum. Uzumdin bordimu ham tiyra bo‘ldum,

Qarong‘u yuzung uchun bosti qayg‘u, Munavvar xotirim bo‘ldi qarong‘u.

Ola ko‘zung g‘ami yerga boquzdi, Qaro ko‘zum suvun yerga oquzdi.

Qoshingni ko‘rdimu «yo» dek bukuldum, Ko‘rubon g‘ordek og‘zingni kuldum.

Yilondek zulflaring afsun qilibdur, Meni munda oyog‘imni ilibdur,

Yuzungni ko‘rubon hayron bo‘lubman. Keta bilmay chu sargardon bo‘lubman.

Ko‘zungdin yuzu ko‘zni kunlayurman, Menga ko‘p boqmag‘il, volloh, o‘lurman.

Bu qulning bo‘ynig‘a solma qo‘lungni; O‘zingga teng etma bu qulungni…»

Eshitti zangi duxtar ushbu so‘zni, G‘azab birla yuziga tikdi ko‘zni.

Kelib qahri, turub chiqti qatidin, Vale ko‘ngli xarob ul hasratidin.

Dedikim: «Men sening ishing qiloyin, Saboh, erta bilan boshing kesoyin».

Vale o‘lturgali hayfi keladur, Yuzun ko‘rub yana rahmi keladur.

Necha kunlar buyurdi yorg‘uchoqqa, Hiyal qilsa urarlar shaqqa-shaqqa.

Iliklari qaborib, yorma tortar, Ko‘zidin bodai gulgunlar oqar.

Buyurdikim bu kez o‘tun tashisun, Kecha tong otqucha otni qashisun.

Yangi oydek bukulub toshir o‘tun, Labi la’li qurub, bo‘ldi jigar xun.

Qilur shahzodag‘a mundog‘ jafoni, Ki ya’ni to‘zmay ul qilg‘ay vafoni,

Kim ushbu mojaro birla necha yil, Tashidilar o‘tun qulluq qilib bil.

Sayfulmuluk jo‘ralari birlan kengashib, krchib suvg‘a kirgoni

Kengashti bir kuni bu uch giriftor, Ki munda bo‘lg‘usi yo‘q bizga g‘amxor,

Tirik erkanimizni kishi bilmas, Kishi bizni tilarga munda kelmas.

Bularning ilgida o‘lmak kerakmas, Bu mehnat o‘tida kuymak kerakmas.

Erur ushbu zamon fursat g‘animat Taqi qochmoq uchun budam g‘animat.

Yig‘ib xoshok, solni bog‘ladilar, Qochar yo‘lni kelibon chog‘ladilar.

Kecha birlan kelibon mindilar sol, Xudo deb kirdilar daryog‘a filhol.

Tong otquncha uzadilar bu yerdin, Qutuldilar chu zangi mehnatidin.

Necha kunlar kecha-kunduz yurubon, Ki jahd aylab bular solin surubon,

Ko‘rundi bir jazira sabz, xurram, Etishtilar yurub bechoralar ham.

Ajoyib ul jazira ser ne’mat, Chekib erdi alar bisyor mehnat.

Shukurlar qildilar, turdilar anda, Ajoyib nimalar ko‘rdilar anda,

Ki kun tug‘sa kumush, oltun tug‘odur, Yana kun botsa oltunlar botodur.

Yana bisyor sandal,.ud, anbar, Taqi turluk yemishlar ko‘p gavhar.

Qabul qildi alar ushbu jazira. Ki qildilar chu bir yerni hazira.

Yig‘ib turluk yemishlarni batamom. Qilib qishning yarog‘pni saranjom.

Chu bir qish ushbu yerda umr kechti, Uchovlon shirayu sharbat ichishti…

Shahzoda maymunlar shahridin qochib, yana bir giriftor bo‘lgoni

Kel, ey rovi, rivoyat qil bu guftor, Nechuk bo‘ldi malikzoda giriftor.

Turub oh urdiyu shah yo‘lg‘a kirdi. Kelibon yolg‘iz ul daryog‘a kirdi.

O‘zi bilmas bu sol qayda borodur, Kirib daryog‘a sargardon o‘lodur…

Chu turdi nogahon bir muhtalif yel. Chu chayqab har sori solin surub bshk.

Nechuk bo‘lsa yasalg‘on xoru xoshok. Eshildi bog‘lari, bo‘shodi xas pok.

Ilik yuvdi malikzoda jonidin. Yuzin yuvdi ko‘zu yurak qonidin.

Bor erdi suv ichinda ud yog‘och, Ko‘rub qo‘yulg‘onu oqu yalang‘och.

O‘kurub yel keturdi urdi anga. Turub jon havlidin shah mindi anga.

Bo‘shodi soliyu bandi buzuldi, Qamishlari oning bir-bir to‘zuldi,

← Oldingi bobKeyingi bob →