AsosiyFanlarKitoblarReyting
Qo‘llab-quvvatlash

O‘quvchilar va abituriyentlar uchun bepul testlar va kitoblar. Testlar doim bepul.

Loyihani qo‘llab-quvvatlash

Platforma

  • Fanlar
  • Kitoblar
  • Reyting
  • Kabinet

Loyiha

  • Qo‘llab-quvvatlash
  • Telegram: @bilgo_uz_bot

Huquqiy

  • Maxfiylik siyosati
  • Foydalanish shartlari
  • Hisobni o‘chirish

© 2026 Bilgo · Barcha huquqlar himoyalangan

AsosiyFanlarKitoblarReyting
← Qissai Sayfulmuluk5 / 11

5-qism

Malikzoda qilibon kuch yarog‘in. Fatina shahrina solg‘ay so‘rog‘in.

Kelib shahzodaknm kemaga tushdi, Tamom asbobpii soldi bakishti.

Tamomi xalq kirdi kishtnlarga, Bo‘lub tayyor beklar tuzdi charga.

Alar so‘ngicha mallohlar tushdi, Surub kemani ilgari yurushti.

Chu qildilar kecha-kunduz farog‘at, Ko‘ngul zavqi bila hech yo‘qtur ofat.

Malikzoda xayoli birla xurram, Erur xandopu, yo‘q ko‘nglinda hech g‘am:

Bu ishrat birla olti op bordi, Qorovullar hamisha yo‘l boqa,

Hasad eltib falak bu davlatig‘a, Yomonliq birla mindi o‘z otig‘a.

Sekin tengiz buzuqliq qildi angez, Beliga bog‘ladi shamshiri hunrez.

Hasad qilib taqi to‘fon qo‘pordi, Ki hardam bir taraqqosin qo‘pordi.

Qilur hardam bir o‘zga sharfa angiz, Bo‘lur har sharfada ming zahri hunrez.

Bulut gukrab yig‘ar to‘fon qilurg‘a, Tengiz qaynab, toshar ul qon qilurg‘a.

Qorong‘u yel qo‘pub, dunyo bo‘lub chor. Bo‘lub daryo yuzinda nola bisyor.

Bo‘lub kunduz kuni yaldo tunidek, Na qattiq kun, qiyomatning kunidek.

Yana boqsang ko‘zinga el ko‘runmas, Ilik solsang suvdin o‘zga urunmas.

Tubindin chayqalur pur sho‘r daryo, Kemalarning qilur qaddini bir yo.

Kemalar bir-biriga bosh urarlar, Quni cho‘kub, ular suvg‘ to‘larlar.

Qadog‘lari sinibon bo‘ldi pora, Ki hech kim topmadi qochmoqqa chora,

Urunub bir-birisiga o‘tarlar, Sinib-sinib suv tubig‘a botarlar.

Dedi rovi o‘shul to‘rt yuz kema, Ushunda g‘arq bo‘ldi kulli nima.

Chu bo‘ldilar fano daryo tubunda, Ko‘runmas hech nima daryo yuzunda,

Edi pokiza ul daryoyi xunxor, Ki qolmadi alardin zarra osor…

Kemalar va kulli cheriki va asboblari g‘arq bo‘lgoni, shahzoda bir taxta birla girdobg‘a kirg‘oni

Vale shahzodani ul sun soni’, Balodni saqladiyu qildi moni’,

Tengiz kim bir zamon pur jo‘sh erdi, Aning havlinda shoh behush erdi.

Yo‘q erdi ul zamon oldida Soid, Yonidin bo‘ldi g‘oyib sham’i shohid.

Falakning gardishi qildi ishini, Chu ko‘rmay bordi alar bir-birini.

Kishi bilmas kema qayda borodur, Xudo mundoq balolarni solodur.

Chu shahzoda o‘ziga keldi nogoh, Tafarruj qildi daryoga yuzin shoh,

Na el boru na kema bor, na Soid, Na beklar bor, na sipohu na Obid…

Shahzoda girdobdin xalos bo‘lub, o‘n ikki jo‘ra birlan zangilarga tushgoni

Kel, ey rovi, hikoyat qil bu daston, Parixonamidur yoxud deviston.

Dedi rovi qiloyin bir hikoyat, Quloq solib eshitgil to nihoyat.

Borur erdi malikzoda yo‘lig‘a, Qarar erdi taqi o‘ngu so‘lig‘a.

Ko‘rarkim bir kema to‘g‘ri kelodur, Vale bilmasdurlar o‘g‘ri kelodur.

Bular aytur bizing eldin bo‘lg‘ay, Va yo savdogar ahlidin bo‘lg‘ay.

Bular bu fikr birla shodu ma’mur, Ki ish tushkan emaslar mast mag‘rur,

Yaqin keldilar ersa ko‘rdilar pok, Yomon didorliq zangiyi bebok.

Dedi roviki yetmish tan edilar, Ki odam yeb hamon to‘ymay edilar.

Chu ko‘rdilar bulardek nuqli maqbul, Ki bo‘ldilar bular tutmoqqa mashg‘ul,

Bular ham belni bog‘ladi urushg‘a, Yarog‘lanib bari o‘tru turushg‘a.

Urush bo‘ldi basi ko‘p to‘ktilar qon. Ilik tebratkucha xud chektilar jon.

Bari zangi tufang andoz edilar, Urush bobida otashboz edilar.

Ki otdi zangilar chun zarb zangin, Qizil qon birla daryo bo‘ldi rangin,

Ki daryo bo‘ldi chun tutoshqon o‘tdek, Tutun birla havo bo‘ldi bulutdek.

Ki bu bechoralar kuydilar aksar, Kuyub kema bilan bo‘ldilar axgar.

Tutub shahni o‘n ikki jo‘ra birlan, Olib durni bu jam’ mahpora birlan,

Ilik, oyoqlarini bog‘ladilar, Alarni g‘am o‘tig‘a dog‘ladilar.

Olib tebradilar bog‘lab va chulg‘ab, Tamom a’zolarini qonga bulg‘ab,

Bor erdi bir jazira haq yaratgan, Aning ichinda zangilar turatgan.

Bor erdi chun bularning podshohi, G‘aroyib ko‘p edi zangi sipohi.

Bularni elttilar, chektilar anda, Ko‘ngulga margni ektilar anda.

Kulubon qah-qah ul zangiyi xunxor, Shukunmay odamidin Odamixor.

Buyurdikim uchovni saqlangizlar, Ki qolg‘onin semurtub qoqlangizlar…

Tirik qolg‘onlarini kelturunglar, Gazak qilsun, qizimga eltipgizlar.

Eshitib chun bular ul so‘zni shohdin, Umid uzdilar oxir xasta jondin.

Turub bechoralar bo‘ldi jngar xun, Vale shahzoda dedi bo‘ldi shum kun..,

Yubordi qiziga ul uch kishini, Muhayyo qildilar zangi ishini,

Uchovlonki qizig‘a ul yubordi. Alarning birisi shahzoda erdi.

Keturdilar chu zanginnig qiziga, Ko‘zi tushti malikzoda yuzig‘a.

Ko‘rub shahzodani qiz bo‘ldi oshiq, Parini ko‘rdi dez o‘ziga loyiq.

Zangi duxtar o‘zini orosta qilib, shahzodag‘a kelgoni

Ki bir kun qiz o‘zin orost qildi, Taqi shahzodaga bexost keldi.

Surohida sharobu nuql bisyor, Farog‘at qilg‘ayu bo‘lg‘ay xaridor.

Yuziga surtubon ul upa deb gach, Qaro zulfin qaro yuzga qo‘yub kaj.

Kochon qarosidin qoshig‘a tortib, Qalin gach birla yuzini oqartib,

Qaro arg‘amchidin solib chu sochbog‘ Solib nochog‘ buynig‘a ani chog‘.

Qilib bir-ikki qasqonni bilazuk, Solib necha qizil sog‘urdin uzuk.

Chu filning tuynog‘idek tuynog‘ina Qizil surtub bo‘yadi misli xina.

Yurur bo‘lsa yurur teva yurushin, Kulur bo‘lsa kular aypq kulushin.

← Oldingi bobKeyingi bob →