Hisobni o‘chirish
Bilgo ilovasi va bilgo.uz sayti
Nima o‘chiriladi
- ism, familiya, telefon raqami va Telegram ID;
- viloyat, tuman, maqsad va tanlagan fanlaringiz;
- yechgan testlaringiz, javoblaringiz, ball, reyting va kunlik seriya;
- kirish seanslari va bildirishnoma sozlamalari.
O‘chirish darhol va qaytarib bo‘lmaydigan tarzda bajariladi. Savollarning umumiy anonim statistikasi (masalan, «bu savolni necha foiz to‘g‘ri yechgan») shaxsingizsiz qoladi.
1-usul: ilovada
Kabinet → ⚙️ Sozlamalar → Hisobni o‘chirish → tasdiqlang.
2-usul: shu sahifada
Avval hisobingizga kiring — shunda faqat o‘zingizning hisobingizni o‘chira olasiz.
3-usul: botga yozing
Ilovaga ham, saytga ham kira olmasangiz, @bilgo_uz_bot botiga «Hisobimni o‘chiring» deb yozing — hisobingizga bog‘langan Telegram’dan yozilgan bo‘lsa, 30 kun ichida o‘chiramiz.
Delete your Bilgo account
In the app: Profile → Settings (gear icon) → «Hisobni o‘chirish». On this page: sign in with Telegram and tap «Hisobni o‘chirish». Or message @bilgo_uz_bot on Telegram. Your name, phone number, Telegram ID, profile, test results, score and rating are deleted immediately and permanently. Only anonymous aggregate question statistics are kept.