Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 1-oktabr

Bilgo (avvalgi nomi — Tayyorman) ilovasi yoki bilgo.uz saytidan foydalanib, siz quyidagi shartlarga rozilik bildirasiz.

Xizmat

Testlar, natijalar va reyting bepul. Testlar imtihonga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan va rasmiy imtihon natijasini kafolatlamaydi — rasmiy talab va qoidalarni Bilim va malakalarni baholash agentligi (uzbmb.uz) saytidan tekshiring. Kitoblar bo‘limidagi asarlar jamoat mulki, ochiq litsenziyali yoki bizning o‘z tarjima va bayonlarimiz.

Hisob va halollik

  • Hisobingiz shaxsiy — boshqaga bermang. O‘z ismingiz bilan ro‘yxatdan o‘ting.
  • Ball va reytingni sun’iy oshirish (dastur, bot, savollarni avtomatik yechish) taqiqlanadi — bunday hisoblar reytingdan chiqariladi yoki bloklanadi.
  • Savollar bazasini ko‘chirib olish, sotish yoki boshqa saytlarda e’lon qilish taqiqlanadi.
  • Haqoratli ism, boshqalarni kamsitish va noqonuniy kontentga yo‘l qo‘yilmaydi.

Reklama

Xizmat bepul qolishi uchun ilova va saytda ta’limga mos reklama ko‘rsatilishi mumkin (masalan, bizning ZUMLA ish topish loyihamiz). Reklama yorlig‘i bilan belgilanadi va yopib qo‘yish mumkin.

Mas’uliyat

Savollar va javoblarni tekshirishga harakat qilamiz, lekin xato uchrashi mumkin — xato topsangiz, test ichidagi «Xato bor» tugmasi orqali xabar bering. Xizmat «boricha» taqdim etiladi; texnik uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Hisobni o‘chirish va o‘zgarishlar

Hisobni istalgan vaqtda o‘chirishingiz mumkin (Kabinet → ⚙️ Sozlamalar). Ma’lumotlar bilan qanday ishlashimiz — Maxfiylik siyosatida. Shartlar o‘zgarsa, shu sahifada e’lon qilinadi. Aloqa: @bilgo_uz_bot.