9-qism
Agar uchrasang erdi anda bizga, Ki tegurgay edim maqsudingizga.
Netayin, naylayin bechoradurman, Bu devning ilgida ovoradurman».
Hikoyat qildiyu yig‘lodi bisyor, Aning birla taqi ul oshiqi zor…
Dedi Sayfulmuluk: «Bir fikr etoli, Bu devni o‘lturub mundin ketoli».
Malika dedikim: «Ne fikr etarmiz. Bu zolim ilgidin nechuk ketarmiz,
Ki har fikriki qilsang yordurman. Sening joning uchun g‘amxordurman…»
Xalos etti shahanshoh xoharini, Ki devning bandidin go‘yo parini.
Kelibon kirdilar tubsiz tengizga, Surubon solni kechdin kunduzga…
Necha kunlar yurudilar yemay g‘am, Ko‘rundi bir jazira sabz xurram.
Dedilar necha kun munda turoli, Na kelur tengrining sun’in ko‘roli.
Bu jazirag‘a korvonlar tushub o‘lturgonda, borib qo‘shilg‘oni
Kel, ey rovi, ketur o‘ying‘a qarqaf, Mug‘annilar bila changu udu daf,
Dedi rovi rivoyatdur bu doston, O‘tub qish vaqtiyu bo‘ldi guliston:
Gulistonda gul ochilib, sochilur, Bu dostondin ko‘ngul doim ochilur,
Guliston vaqtidur bir necha kunlar, Bu doston tozadur gar o‘tsa yillar.
Kelib ishrat yana mehnat tugandi, Ketib mehnat yana davlat ulandi.
Qazodin tengri taqdiri bila rost, Etib bir korvoni munda bexost.
Alar ham ko‘rdilar bu manzili xush, Qilib tushtilar anda mahfili xush.
Eshitib unlarini shohzoda, Yiroqdin turubon qildi nazora,
Malikzoda yurub ilg‘ori keldi, Salom aytib, base ta’zim qildi.
Bular aytur: «Qaroqchi bo‘lmag‘ay deb, Ki bizni chog‘lagoli kelmagay deb»,
Ki ko‘p tahqiq qildilar mudaqqiq, Bular ham angladi mu’min tahqiq.
Bu ham borib solindi harna borip, Malika birla kelturdi na borin.
O‘turdilar qo‘shulub, ko‘ngil tinib, Falakning jabr etardin bo‘yni sinib.
Bu el ko‘nglini ovlab so‘z qotarlar, Taajjub birla yuziga boqarlar…
Chu so‘rdilar bular holin barobyar, Bular ham hollarin dedi sarosar,
Eshitib korvonlar ugabu so‘zni, Qilib taqrir, yod etti bu so‘zni…
Iki-uch kun turub bu korvoni, Keturdilar yana kishti ravoni.
Olib shahzodalarni darmiyona, Alar o‘z mulkina bo‘ldi ravona,
Surub mallohlar kunda bu kishti, Chenagan manziliga ham yetishti,
Quruqluq sarhadiga yetti kema, Chiqardi xalq raxti kulli nima…
Yarog‘lab korvon ikki ulug‘in, Suxanparvard xo‘b sohib vuqufin.
Dedilar shahni borib ko‘ringizlar, Qilib axbor, sevinchi olingizlar…
Bu xabarni malikaning otasi eshitib, o‘tru chiqqoni
Eshitti bu xabar shohi Sarandil, Qilibon shahrni oaini qandil.
Sevinib o‘tru chiqti kulli o‘rda, Tirildi deb o‘shul gulbargi murda.
Rabiulmulk keldi peshvozi, Etushti deb yana ul sarv nozi.
Bularning holatidin qo‘pti afg‘on, Sevinib xalq yig‘lar misli naysop.
Asosi saltanat birla keturdi, Sarandil shahrining jonin keturdi.
Murassa’ qilg‘an oltundin taxtlar, yozib turluk qumoshu xo‘b raxtlar,
Kelibon shoh Rabiulmulk singli, Berubon to‘y, xurram bo‘ldi ko‘ngli.
O‘turdilar sevunub gaamsi xovar, Sevub aytur anosin jon modar…
Qilib shukrona to‘yi shodiyona, Olib Sayfulmulukni darmiyona.
O‘g‘ul o‘qudi ul shahzodani shoh, Anga topshurdi mulkini shahanshoh…
Badiuljamol malikani eshitib, ko‘rgani kelgoni
Rivoyat qildi rovi bu guliston, Dedi bo‘lur muattar emdi bo‘ston,
Emukdoshim kelubdur deb parizod, Eshitib bu xabarni bo‘ldi dilshod.
Sevar edi ani bas joni birla, Tufayl etti o‘zin turg‘oni birla.
Aning fikrida edi zor afgor, Kecha-kunduz g‘ami birla giriftor.
Atosi ham anosi shod bo‘ldi, Qizi g‘am ilgidin ozod bo‘ldi…
Malika taqrib birla shahzodaning holini aytgoni
Ki bo‘ldi ikki hamshira muoshir, Malika qo‘ydi o‘z dardini oxir.
Badi’ aytur: «Qil emdi bir hikoyat, Ki bo‘lg‘ay ul hikoyatda siroyat.
Ko‘ngul ochilg‘udek afsona ayg‘il, Ki bir afsonai durdona ayg‘il».
Malika topdi taqribiy hikoyat, Ki bunyod ettiyu qildi rivoyat.
Chigalgan zulfig‘a ul topdi shona, Tugunin yeshgali bo‘ldi bahona,
Dalil etti shahanshohning so‘zini, Ki ochti ul hikoyatning yuzini.
Dedi: «Bir nozanin shahzoda ko‘rdum, G‘aribu bekasu holini so‘rdum.
Niholidur, vale holi parishon, Erur lab tashna ishq o‘tida biryon,
Jahonda sayr etib chun oftobi, Kuyub xunoba yig‘lar chun kabobi.
Oti Sayfulmuluk ul shohi olam, Anga qul bo‘lsa bo‘lur jinu odam».
Qilib shahzodani bisyor ta’rif, Pariyu hurdin orturdi tavsif.
Dedi oxirki: «Ey yori vafodor, Sening ishqingda erur ul dilafgor».
Ne ko‘rgonin, ne qilg‘onin sarosar, O‘n uch yil javr chekkonin barobar.
Aning ahvolini avvaldin oxir, Badi’ oldida sharh ayladi zohir.
Badiuljamol bu so‘zni eshitib achchig‘langoni
Eshitti shohning dardini bir-bir, Musharrah qildi baskim yaxshi taqrir.
Ki shahning holini qildi nuhufta, Chiroyin ochti ammo dil shugufta.
Badi’ ayturki: «Ey joni jahonim, Nalar dersan manga, ey mehribonim?
Sanga dedim menga afsona ayg‘il; Qachon dedim manga jonona ayg‘il?