Bahor va Men

Bahor keldi… lekin uning davrida Ketib qoldi bahorlarning sultoni. Umid undi raqibimning bag‘rida, Ortib ketdi kelgusiga iymoni.

Bahor chog‘i… Raqiblarim ketarlar, Lekin menim hasratlarim ketmaylar. Bu raqiblar meni malul etarlar, Fig‘onlarim sultonimga yetmaylar!..

Qo‘qon. 1924, 18 mart