Aziz singlim

Aziz singlim, mening umrim tentakdir, Shuning uchun butun umrim ertakdir. Ertak emas, bir yaramas xayol deng, Tanim uchun, jonim uchun malol deng. Xayol emas, malol emas, bu – bir tush: Har nafasni, shu bir pasni unutish…

1934 yil