Bahorda
(Talabalarga)
Bahor keldi, tabiatning qo’llari, Daraxtlarga ipak ko’ylak kiygizdi. Yer ham so’lgan ko’katlarni tirgizdi, Yashillashdi talalarning yo’llari.
Tut tagida qaynab yotqan choydishcha Chaqiradir ishlab yotqan dehqonni. Bir chekkaga tashlab qo’yib ketmonni, Ul ham sherik dehqong’a der: “Kulcha
Bo’lmasa ham, zog’orangni olib kel, Nari-beri choyni ichib tashlaylik. Undan keyin jo’yak ocha boshlaylik, Choydishga ham bir siqim choy solib kel”.
Bir ozgina choy ichishib, dam olib, Yana o’sha og’ir ishga tusharlar. Shomg’a yaqin ishlaridan bo’sharlar Va qaytarlar horib, charchab,sudralib.
Uzun qishni kitob bilan o’tkazgan – O’qig’uvchi yosh o’rtoqlar, hormanglar! Ko’ngillardan g’am va g’ashni ketkazgan Bahor chog’i yayrashdan ham qolmanglar!..
Qo’qon, 1924-yil, 23-aprel.