Ko‘klamdan xabar
Ko‘klam qo‘shiqlari 2
Baqa sayrasa, «Vaqqa-qa», – desa, «Ko‘klam qo‘zg‘aldi!» – Deb xabar bersa, Shunda ham ko‘nglim ancha yayraydir!
Ne uchun yaproq choyshab yoymaydir – Tanlariga qon To‘lib qolsa ham, Ko‘kragiga jon Kirib qolsa ham?
Ey go‘zal ko‘klam, Sudralma sen ham! Yugurib, yelib, Tezdaroq kelib, O‘pib ol bargni, U erinchoqni,
Ochsin ko‘zini, Alvon yuzini!..
Andijon. 1925, 17–mart