Ko'ngil

Ko'ngil, sen munchalar nega Kishanlar birla do'stlashding? Na faryoding, na doding bor, Nechun sen muncha sustlashding?

Haqorat dilni og'ritmas, Tubanlik mangu ketmasmi? Kishanlar parchalanmasmi, Qilichlar endi sinmasmi?

Tiriksan, o'lmagansan, Sen-da odam, sen-da insonsan; Kishan kiyma, bo'yin egma, Ki, sen ham hur tug'ilg'onsan!..

Toshkent, 1922, 7 avgust