AsosiyFanlarKitoblarReyting
Qo‘llab-quvvatlash

O‘quvchilar va abituriyentlar uchun bepul testlar va kitoblar. Testlar doim bepul.

Loyihani qo‘llab-quvvatlash

Platforma

  • Fanlar
  • Kitoblar
  • Reyting
  • Kabinet

Loyiha

  • Qo‘llab-quvvatlash
  • Telegram: @bilgo_uz_bot

Huquqiy

  • Maxfiylik siyosati
  • Foydalanish shartlari
  • Hisobni o‘chirish

© 2026 Bilgo · Barcha huquqlar himoyalangan

AsosiyFanlarKitoblarReyting
← Padarkush7 / 7

To‘rtinchi manzara

(Ikkinchining ayni, mayxona)

Nor, Davlat ichib, ashula aytib o‘lturar. Tangriqul va Toshmurod pisib borib kirar, to‘pponcha va qonlik pichoqni bir chetga yashirar, hamyonni chiqarib, stol ustiga otar; o‘lturarlar.

TANGRIQUL. Chilim keltur-ey!

Artun chilim kelturur, chekarlar. Artun ketar. Tangriqul Davlatni bir tarafga olib, xufiya bo‘lgan ishlarii so‘ylar, ishoratlar qilar. Davlat «bechora» deb xufiya so‘ylab, ishorat ila xotirjam qiladir.

TANGRIQUL (hamyonni ochib ko‘rib, suyunar, Tangriqul va Toshmurodni yelkasiga qoqar). Barakalla, barakalla (Davlat zang chalar, Artun kirar).

ARTUN. Na buyurarsiz?

DAVLAT. Ma, pulni ol, tezlik ilan Lizann keltur!

ARTUN. Bosh ustina. Hozir kelur (pulni olar, icharlar. Liza kirar).

LIZA. Dobriy vechrim! (hammasi-la ko‘rishar).

DAVLAT. Isprizdim, ispasibo, ispasibo, prixal…

LIZA. Mersi (o‘lturar).

DAVLAT. Suz, Lizaning salomatligiga.

NOR (suzar, cho‘qishtirib). Lizaning salomatligiga ura, ura (icharlar).

Nor ashula o‘qur, tashqaridan hushtak sadosi kelar, oyoq tovushlari eshitilar. Majlisdagilar sarosima, hayron bo‘lar. Silohlik politseyskilar, pristuf, qorovullar bostirib kirarlar. Liza ochar.

Politsiya to‘rt nafarni ushlar, ba’zisi buyumlarini va har tarafni axtarur, qonlik pichoq va to‘pponchani topar. To‘pponchani pristufga topshirar. Iskab ko‘rar, o‘qini bo‘shatar.

Tangriqul va Toshmurod qochar. Qorovullar ushlar.

Toshmurod ho‘ngir-ho‘ngir yig‘lar, betoqat bo‘lur.

Pristuf ishorat qilur. Qo‘lkishanni keltirib, Tangriqul va Toshmurodga urarlar. Bashka ikkisining qo‘li bog‘lanur.

Pristuf gunohkor va qorovullarni saf qildirur.

ZIYoLI. (kirar, gunohkorlarga qarab afsus qilur. Odamlarga qarab). Ilm va tarbiyasiz bolalarni(ng) oqibati shuldir. Agarda bularni otasi o‘qutsa edi, bu jinoyat va padarkushlik alardan sodir bo‘lmas va bular ichkilikni bo‘yla ichmasdi, xun beg‘ayri haqqin qilmas edi. Umri boricha Sibir va bandg‘a va qiyomatg‘a jahannamg‘a qolmas edi. Agarda bular ichkilik ichmasa edi, dunyo va oxiratda ilalabad azob va mehnatda qolmas edi. Oh, haqiqatda boyni o‘ldirgan va bu yigitlarni azobi abadiyg‘a giriftor qilgan beilmlikdur. Bizlarni xonavayron, bachagiryon va bevatan va bandi qilg‘on tarbiyasizlik va jaholatdur: bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqru zarurat va xorliklar hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidur. Dunyoga taraqqiy qilgan xalq ilm vositasi ila taraqqiy qiladi. Asir va zabun bo‘lganlar-da beilmlikdan. Modomiki, bizlar tarbiyasiz va bolalarimizni o‘qutmaymiz, bul tariqa yomon hodisalar va badbaxtliklar oramizda doimo hukm-farmo bo‘lsa kerak. Bu ishlarni yo‘q bo‘lmog‘iga o‘qumoq va o‘qutmoqdan boshqa iloj yo‘qdur. Ollohu taolo boshqalarga hamisha ibrat va sizlarga sabr bergay.

PRISTUF (amirona). Hayda, turma, marsh (yo‘naladur).

Parda inar

← Oldingi bobTugadi · Boshqa kitoblar →