AsosiyFanlarKitoblarReyting
Qo‘llab-quvvatlash

O‘quvchilar va abituriyentlar uchun bepul testlar va kitoblar. Testlar doim bepul.

Loyihani qo‘llab-quvvatlash

Platforma

  • Fanlar
  • Kitoblar
  • Reyting
  • Kabinet

Loyiha

  • Qo‘llab-quvvatlash
  • Telegram: @bilgo_uz_bot

Huquqiy

  • Maxfiylik siyosati
  • Foydalanish shartlari
  • Hisobni o‘chirish

© 2026 Bilgo · Barcha huquqlar himoyalangan

AsosiyFanlarKitoblarReyting
← Padarkush5 / 7

Ikkinchi parda

Pivaxona manzarasi: boyvachcha ila uch nafar o‘lturarlar.

TANGRIQUL. Bu oqshom, bilmayman, nima uchun ichkilik meni tishlamaydur: Namozi digardan beri bir dyujina shishani bo‘shatdim. Dayusni pivosi qulog‘imni qizitmadi. To‘ldir, ichaylik (Nor qadahlarni to‘ldirar).

HAMMASI. Toshmurod boyvachchani salomatligiga ura! Ura! Ura! (icharlar).

DAVLAT. Jo‘ralar. Manuvni ichdim, endi yodimga Lizajon tushdi. O, Lizajon!

HAMMASI. Oh, Lizajon, voh, Lizajon, qaydasan?

NOR. Zolim falak firoqig‘a kuydirdi mani; billohki, kelmasa, bo‘miydi.

DAVLAT. Bu dodu bedod ila hech nima bo‘lmas. Xo‘jayinni chaqirarmiz, otam o‘ldi bazmi qilarmiz.

NOR. Qo‘lingni ber, ey, nomard, topding (qo‘lini siqar). Bo‘ldi.

DAVLAT. Ey, to‘taburut Tangriqul. Daming chiqmaydur. Shuncha odam so‘zini o‘g‘irlab o‘lturasan. Erga navbat, sherga navbat. Gap berib o‘ltur. Yo bu odamlarni pisand qilmaysanmi? Bizlarni ham yonimizga besh tangalik aqchamiz bor. Jo‘ra! Bu mastlik rostlikdir. Qovog‘ingni ochib o‘ltur.

TANGRIQUL. Jo‘ralar. Sizlardan yashiraturg‘on so‘zimiz yo‘q. To‘g‘risini desam, manuni ichdim, qulog‘im qizig‘an, sen Liza deding, endi o‘zim shunda bo‘lsam-da, hushim Lizaga, to Lizani kelturmasang, mani gapirturolmaysan. Ammo gap kelturganingga, Davlat zo‘r!

DAVLAT. G‘am yema, muddaong Liza bo‘lsa, shul zamon yoningga ko‘rarsan, kelmasami? Boshini olarman.

NOR. Boyvachcha! Barishnaga tobingiz bormi?

TOShMUROD. Mayli, odam yuboringlar, bazm qilsun.

TANGRIQUL. Gap, gap ila vaqtni o‘tkararsizlar, buyuraturg‘on bo‘lsanglar, buyuringlar, ertaroq kelsun, kayf qilayluk (Davlat qo‘ng‘iroq chalar. Artun armani mayxonachi kirar).

ARTUN. Nima deysan?

DAVLAT. Lizaga birovni yubor, kelsun.

ARTUN. Bunda?

DAVLAT. Ha, munda kelturmasdan mozorgami keturarding?

ARTUN. Izvinit surushdim-da.

DAVLAT. Bo‘l. Bo‘l. Birovni yubor.

ARTUN. Bah, ne vor, bilursin, Liza banga demishki, o‘n besh manatsiz banga kishi ko‘ndarma. Ha, o‘n besh manat-da va faytun pulini-da ver, geyin Nikolayi ko‘ndarayum. Liza o‘lmasa, boshqasini getirsin, kayfing nechik?

DAVLAT. Avval kelturub, so‘ngra pulni olsang bo‘lmasmi?

ARTUN. Davlat zo‘r! Ban sana demishimki, Liza aqcha olmayincha gelmaz, bana ne? Sen o‘zing bilirsanki, u gavur qizi, banim degil.

TANGRIQUL. Artun. Bir oz to‘xta, pul beramiz.

ARTUN. Bosh ustina, hoziram (chiqar. Jo‘ralari kayflari uchub, sukut etarlar).

DAVLAT. Suz, ichaylik! (Nor suzib quyar.)

TANGRIQUL. Pulni peshaki talab qilgani ishni belini sindurdi.

DAVLAT. Ish aksiga olsa, shunday bo‘lur. Pullaring bormi? Hammalaring chiqaring (hammasi chiqaradi, Davlat sanar, besh so‘m yetmas). Bu minan hech nima bo‘lmas. Bir ilojini topmoq kerak.

NOR. (tama’girlik ila). Ey, boyvachcha, bizlar-ku, kambag‘al. Sizga nima, kissangizdan pul chiqmaydur? Ana boybachchaning holi (qo‘li ila ko‘rsatur).

DAVLAT. Parvo qilma. Nor. Men bir nimarsa o‘yladim, agar boyvachcha ko‘nsa.

TANGRIQUL. Nima ekan? Nima?

DAVLAT. To‘xta, nima ekanligini bilarsan. Avval boyvachchani(ng) salomatligiga ichaylik (Tangriqul suzar, icharlar boyvachchaning salomatligiga).

DAVLAT. Boybachcha. Bu kechadek chahorshanba sayri oyda-yilda bir bo‘lur va (yo) yo‘q, bir kecha ming kecha bo‘lmas, agar qabul qilsangiz, Tangriqulni sizga qo‘sharman. Birga borib, otangizni sandug‘ini ko‘rsatursiz. Boshqa ishni Tangriqul bajaradur.

TOShMUROD. Tangriqul aka, borasizmi?

TANGRIQUL. Ulfatlar buyursa, u dunyoga boraman. U-ku sizning hovlingiz.

DAVLAT. Sen nima dersan, Nor?

NOR. Men ham ko‘pni biri, bor desang, borarman.

DAVLAT. Yo‘q, ikkov bas. Ko‘rganlar badgumon bo‘lmasin. Bukunni ertasi bor.

NOR. Boybachcha! Otangiz sandig‘ini joyini bilasizmi?

TOShMUROD. Otamning yotaturg‘on uyinda.

DAVLAT. Yotaturg‘on uyni necha eshigi bor?

TOShMUROD. Uch.

DAVLAT. Qaysi eshikdan kirasizlar?

TOShMUROD. Eshikning biri onamning uyindan ochilur, men kirib, hovli tarafidagi eshikni ocharman, so‘ngra Tangriqul akam kirar.

DAVLAT. Barakalla! Ilgari ham o‘g‘irlik qilganga o‘xshaysiz. Nor! To‘ldur, ichaylik! (Nor to‘ldurar, icharlar. Tangriqul va Toshmurodga qarab) Endi boradurgansizlar?

TANGRIQUL. Albatta. Bormay nima bo‘lubdur (Davlat to‘pponchasini boyvachchaga berar. Nor etik sog‘idan pichoqni olib, Tangriqulga berar. Alar ehtiyot qilib turarlar).

DAVLAT. (ikkisiga qarab). Yo‘l bo‘lsin, botirlar?

TANGRIQUL. Olgani (Davlat Tangriqulni bir chetga olib, ishorat va xufiya ma’lumot va amr berar).

NOR. Omin, olloh… (Hammasi) Ollohu akbar. (Davlat fotiha berar).

Parda inar

← Oldingi bobKeyingi bob →