AsosiyFanlarKitoblarReyting
Qo‘llab-quvvatlash

O‘quvchilar va abituriyentlar uchun bepul testlar va kitoblar. Testlar doim bepul.

Loyihani qo‘llab-quvvatlash

Platforma

  • Fanlar
  • Kitoblar
  • Reyting
  • Kabinet

Loyiha

  • Qo‘llab-quvvatlash
  • Telegram: @bilgo_uz_bot

Huquqiy

  • Maxfiylik siyosati
  • Foydalanish shartlari
  • Hisobni o‘chirish

© 2026 Bilgo · Barcha huquqlar himoyalangan

AsosiyFanlarKitoblarReyting
← Gulshan ul-asror6 / 16

Bo‘z to‘quvchi kampir va bazzoz hikoyati

Kufada bir piri laduniy sabaq, Sayr eta bozorga qo‘ydi ayaq.

Ma’ni bila ganj, vale tangdast, Tim ichida kirdi-yu qildi nishast.

Xojai bazzoz anga ro‘-baro‘, Bilguvchi savdo ishini mo‘-bamo‘.

Ollida har jinsdin ajnosi xos, O‘zgadin o‘zgacha topib ixtisos.

Sarf qilib umr tijorat bila, Qilni yorar erdi basorat bila.

Toki o‘shul hol ichida bir ajuz, Bo‘yi iki qat bo‘lib, arqosi ko‘z.

Bo‘yi boshi ra’sha bila beqaror, Dam urushi, yo‘l yurishi murdavor.

Ne ko‘zida nuru, ne og‘zinda so‘z, Dunyosidin qo‘ynida bir vusla bo‘z.

Bo‘zni bu bazzozg‘a berdikim:— Ol! Harne baho bo‘lsa, ilgima sol!

Ko‘rdi bu bazzoz bo‘zini ochib; Purg‘uradi bir necha tukuk sochib.

Kim momug‘i pastu ipidir yo‘g‘on, Bo‘zchi oshuqub ne kerak to‘qug‘on.

To‘ng‘a yaramaski, bo‘yatsa kishi, Yuvsa xud onjoq erur aning ishi.

Ko‘nglaku ishtong‘a chu loyiq degul, Harna baho birla muvofiq degul.

Qaysi xaridorg‘a bo‘lsun pisand, Qayda topoyin munga men bir lavand.

Xoja so‘zina qilibon e’timod, Kesdi ajuz o‘z to‘masidin umid.

Dedikim:— Ey xojai sohibkaram, Charxi falak gardishidin yema g‘am.

Tulmenu bechorayu sohib ayol, Ojizu miskinu parokanda hol.

Sa’y qilib berdum ikki hafta jon, To sanga kelturdim ani bu zamon.

Bir suruk o‘g‘lon ushoqum xoru zor, Yo‘lg‘a boqib telmurodur intizor.

Harna desang tengriga soldum sani, Har ne baho bo‘lsa uzotqil mani.

Gaz bila ham kelturib ul bo‘zni kam, Berdi anga xoja bir-ikki diram.

Tortib ayoq ustida turluk malol, Yiqla-qo‘pa o‘z evina bordi zol.

Bilguladi bo‘zni ul abdoli roh, Ko‘z uchidin yosh tutib kiynaxoh.

Keldi bo‘z olmog‘a birov nogahon. Dedi kim:— Ey xoja, ravon bo‘l, ravon!

Bo‘z kerak andoqki katondin fireh, Bo‘lmag‘ay andin bu jahon ichra beh.

Inchka, nozik dog‘i hamvoru pok, Bo‘lmasun ipligindin hech aybnok.

Xoja ne bo‘z bersa xaridor yana, Ayblar aytur bo‘zining barina.

Xoja ayittikim:— Uzatma so‘zung, Bo‘z berayin ko‘rmamish avval ko‘zung.

Kim momug‘i pilladin ortuq zarif, Ipligi katon ipidin ham latif.

Puxtayu hamvor to‘kulg‘on bo‘zi, Ko‘rmak arusidin orig‘roq yuzi.

Ko‘rmas egoch bo‘ldi xaridor lol, Tobladi-yu, qildi bahosin savol.

Urdi bahosini tengizdin terang, Sotti o‘shul bo‘zni katon birla teng.

Piri muhaqqaq ko‘rib ul turlu hol, Keldi sotiqchi qoshina bemalol.

Dedi:— Bu sanduq ichida, ey falon, Bergil ijozat, kirayin bir zamon.

Kim tilasang sa’y bila sarbasar, Tobmag‘aysen dunyoda mendin asar.

Zohiru botin bila oshufta men, Mo‘min egach kofiri nuhufta men.

Muncha savome’g‘aki qildim guzor, Sa’y bila tobmadi naqdim iyor.

Har necha kezdim bu uluq dunyoni, Qutbi mukammal seni ko‘rdim, seni.

Bo‘zkim erdi momug‘i xud besafo, Ipligi betobu o‘zi bo‘ryo.

Senkim ango bir nafas etting nazar, Bo‘ldi katondin ham dog‘i mo‘tabar.

Kim momug‘i bila teng o‘ldi yipak, Suftalig‘i rovshanu hamvortak.

Lol bo‘lib xojai oshufta dil, Qoldi xijolat evinda munfa’il.

Jazb qilib tobti muammo kushoy, Urdi nekim hosilina pushti poy.

← Oldingi bobKeyingi bob →