Mav’iza

Bilgil, ayo kosibi sohib ayol Kim, sanga erlikda eranlik halol.

Ulki tuzar shar’i bila dunyoni, Tengri habibim deb aytti oni.

Rostliq ustida tarozuni tuz, Rostliq asbobini saqla to‘kuz.

Egri ozar, to‘g‘ri o‘zar, ey falon, Tuzluq et, tangrini ko‘r dar miyon.

Rost, kerak odamig‘a e’tiqod, Egri kishi tobmadi hargiz murod.

Arratek et bazl keyin ilgari, Tesha bikin yo‘nma o‘z-o‘zing sari.

Bo‘lma xaridor bila saxt ro‘y, Qilma zabunlarg‘a qatiq guftu go‘y.

Yaxshi-yomon kim, ne kerak bir bil, Shayxdin ayrug‘ini tazvir bil.

Har neki sotsang bukun, ey hushyor, Ham sanga-o‘q sotqay ani ro‘zgor.

Ul kishilarkim, bu do‘kon tuttilar. Sudini sarmoyadin o‘ksuttilar.

Bo‘lmag‘il o‘zdin g‘anilarg‘a hasud, O‘zgaga sog‘inma ziyon, o‘zga sud.

Tengri nekim bersa rizomand bo‘l, Berganiga qoneu xursand bo‘l.

Bo‘lma ujuz olib og‘ir sotquchi, Unga kebak, sirkaga su qotquchi.

Har kim erur yig‘mog‘ uchun qahtxoh, Vorisi meros olur avval gunoh.

Ulki g‘ani, ulky tavongar emas, Qismatidin ortiqu o‘ksuk yemas.

Bergan olur, kiyganu yegan qolur, Ortug‘ini dushman alina solur.

Soqla amonat bila o‘rtoq haqin, Ortuq avjlama do‘kon tuproqin.

Xojaki ortuqsi tama’ qilsa sud, Moyasidin yuvg‘ay ilik zud-zud.

Xojakim o‘rtoqliq, etar ixtiyor, Bo‘lsa kerak borkashu pardador.

O‘lmasa o‘rtoqliq ichinda fireh, Bog‘lamasa kishida og‘rini gireh.

Odamig‘a tajriba doya etar, Rostlig‘ er o‘g‘lina moya etar.