Yurt yo’li
Uzoq… og‘ir yo‘lga chiqqan yo‘lchiman, Bu yo‘llarda qilog‘uzim yulduzdir. Men yurtimning pok istakli kuchiman, U yulduzning tugalishi kunduzdir.
Tomirlarim olov kabi qaynagan, Qonlarini kechmishlardan olmishdir, Bilagimda irg‘ib, chopchib o‘ynagan, Unutmakim, oyoqlaring tolmishdir.
Uzoq yo‘lning yo‘lchisiman, boraman, Istagimni bu yo‘llardan olaman!..
Buxoro. 1922, 12-dekabr