Ulug’ yo’lovchiga
A.M. ruhiga «Dunyoga ishlar uchungina kelganman»
(O‘z so‘zi)
Boqchalarda gullar so‘ldi, sezmadim, O‘stirganlar yetim bo‘ldi, sezmadim, Ko‘ngillarga qora to‘ldi, sezmadim, Sezdim sening ketganingni ko‘ngildan…
Ketgan yo‘ling yiroq yo‘ldir, keti yo‘q, Boshlanishi: quruq va keng bir bo‘shliq, Tugalishi: yana cheksiz bir yo‘qlik, Biroq qaytmoq yo‘qdir tushgan yo‘lingdan…
Ketding, biroq izlaringda ko‘z qoldi, Tillaringda aytilmagan so‘z qoldi, O‘ksiz bo‘lib yotlar emas, «o‘z» qoldi, Chuqur ma’no istab eski so‘zingdan…
1921-yil