AsosiyFanlarKitoblarReyting
Qo‘llab-quvvatlash

O‘quvchilar va abituriyentlar uchun bepul testlar va kitoblar. Testlar doim bepul.

Loyihani qo‘llab-quvvatlash

Platforma

  • Fanlar
  • Kitoblar
  • Reyting
  • Kabinet

Loyiha

  • Qo‘llab-quvvatlash
  • Telegram: @bilgo_uz_bot

Huquqiy

  • Maxfiylik siyosati
  • Foydalanish shartlari
  • Hisobni o‘chirish

© 2026 Bilgo · Barcha huquqlar himoyalangan

AsosiyFanlarKitoblarReyting
← Sabot ul-ojizin6 / 7

Alloh taoloning sifatlari bayoni

Subutidur aning sakkiz sifoti Sifat zoti emas, na g‘ayri zoti.

Hayotu, ilmu, qudrat ham basar, sam’, Irodavu, kalom, takvindur, ey sham’.

Hayot ulkim tirikdur, o‘zga bo‘lmas, O‘lar har zi nafs, hargiz Ul o‘lmas.

O‘zini zotidin haydur o‘shal shah, Va lekin jism ila jondin munazzah.

Kerakmasdur Xudog‘a hech qayu shay, G‘anidur barcha olamdin o‘shal Hay.

Emas muhtoj hech ishga Haq Taolo, Yubormag‘il ko‘ngilni shaybu bolo.

Agar munda yuborursan ko‘ngilni, Solur shayton ko‘ngilga o‘zga yo‘lni.

Sifotining biridur ilm, yoro, Erur donoyi g‘aybu oshkoro.

Xaloyiqdin kichikdur yo ulug‘dur, Bo‘libdur har na ish yo bo‘lg‘ulug‘dur.

Turushdur yo yurushdur xayru shardin, Na kim, tegsa anga naf’u zarardin.

Ko‘ngilga kechsa qaysi holi pesha, Emas po‘shida ilmidin hamisha.

Bilur har kimda bo‘lsa ma’rifatdin, Biri qudrat erur sakkiz sifatdin.

Nafslik yo nafssiz, budu nobud, Ne kim ikki jahonda bo‘lsa mavjud.

Zarardur, naf’dur yo xayr, shardur, Yaqin bilgil, qazo birla qadardur.

Xaloyiqning jami’i fe’lu qavli Emas bir zarra betaqdiri Mavli.

Iroda aylagach, Xalloqi olam Har ishni «bo‘l!» dedi, bo‘ldi o‘shal dam.

Na etsa erki boru, qudrati bor, «Qo‘li birla yaratdi» dema zinhor.

Tilingni saqla mundog‘ qavli baddin, Xudovandim munazzahdur jasaddin.

Kalomi haqdakim «yad» ayladi yod Aning bir vasfidur, ey odamizod.

Aimma bildi Qur’on ma’nisin tuz, Ko‘ngilni qo‘ymag‘il, san har qayu yuz!

Basar ham sam’ aning vasfi bilo shak, Basar ma’nisi — ko‘rmak, sam’ —eshitmak.

Ne kim mavjud erur dunyovu dunda, Falakdin yuqori, zeri zaminda.

Eshitmak, ko‘rmagi beshubhavu rayb, Erur birdek hamisha zohiru g‘ayb.

Eshitmak, ko‘rmagidur qudratidan, Quloqdin, ko‘zdin ermas, bilgil, ey tan.

Quloq, ko‘z bandag‘a hojat erur, bas Xudo hech qaysining muhtoji ermas.

Tirilsang oxiratda, ey xaridor Xudoyim ko‘rsatur do‘stlarg‘a diydor.

Vale ko‘rmakni bechunu chunon bil, Jihatsiz bil, mislsiz, bemakon bil.

O‘shalkim bildirur beshakligini, Bilur ul yaxshi ko‘rsatmakligini.

Bilur har odamiyning bo‘lsa esi, Kalom ermish sifotining birisi.

Kalomi hodis ermasdur, qadim bil, Ani ayg‘on so‘zi bekomu betil.

Xaloyiq so‘zlamas bekomu tilsiz, Xudo muhtoj emas, hech ishga hargiz.

Bitilsa yo o‘qilsa, olsa el yod, Bular hodis erur, ey odamizod.

Xudoyimni kalomin yaxshi bil boz, So‘zini zotida yo‘q harfu ovoz.

Na kim maxluqida bor ersa, ey shah, Xudovandim erur andin munazzah.

Sifotining birisidur iroda, Muni bilgan kishi yetgan muroda.

Qadalsa bir tikan yo tushsa bir qil, Irodasiz emas hech ish, yaqin bil.

Agar mo‘re qo‘yar yer ustig‘a po, Va gar bir zarracha qum bo‘lsa bejo.

Bulardin yo kichikdur yo ziyoda,. Emasdur hech nimarsa beiroda.

Sifotining birin takvin demishlar, Xudodin xalqa ro‘zi barcha ishlar.

Yaratdi kim nechuk sizniyu bizni, Taqi xalq etdi bizni fe’limizni.

Agar chandiki qo‘imas erkimizga, Beribdur ixtiyori juz’i bizga.

Munosib ish erur yo nomunosib, Ani qilmoqg‘a banda bo‘ldi kosib.

O‘shancha ixtiyori juz’idin boz, Topar banda jazo ko‘p qilsa yo oz.

Na kim rizqeki bo‘lsa shaybu bolo Yaratibdur ani Vojib Taolo.

Haromidin va le man’ etdi bizni, Beribdur ixtiyori juz’imizni.

Xudo rozi emas isyonimizg‘a, Rizosidur aning ehsonimizg‘a.

Kishi rozi, desa— isyon qilurg‘a, Aimma hukmidur kofir bo‘lurg‘a.

Xudo zulm etmadi hech bandalarg‘a, Vale tuz io‘lni ko‘rsatdi alarg‘a.

O‘shal xalqiki tuz yo‘ldin toyarlar, Alar o‘z jonlarig‘a zulm etarlar.

Azob etsa bu olam yo u olam, Erur bul adl, ey farzandi odam.

Nafssiz xalq erur yo zi nafsdur, Aning o‘z mulkidur hech zulm emasdur.

Agar afv aylasa, o‘z fazlidur ul, Budur sidqingu ixlosing, budur yo‘l.

Etar biz omilarga buncha bilsak, Tutub mahkam bo‘iinsunsak, egilsak.

Jamoat ahli sunnat tuzgan erlar Dedilar: «Turfa nozikdur bu yo‘llar».

Ulug‘ yo‘lni qo‘iib o‘lguncha, ey yor, Qadam qo‘yma, toyar yerlarg‘a zinhor.

← Oldingi bobKeyingi bob →