Manga zulm aylab ul qotil ayon ohista-ohista...

Manga zulm aylab ul qotil ayon ohista-ohista, Chekib tig‘ini aylar qasdi jon ohista-ohista.

Jafosi zo‘ridin ikki ko‘zimdan oqdi daryolar — Ki, qolg‘oy ostida oning jahon ohista-ohista.

Ulusga aylagan zulmin ko‘rib ondin hazar qilmay, Kelib chekdim jafosin man yomon ohista-ohista.

Bo‘lur hajrida zindon gar maning manzilgahim bo‘lsa, Guliston balki gulzori junon ohista-ohista.

To‘la burjom tut lutf aylab,ey soqiyki, bu g‘amdin Qutulg‘oyman ichib man notavon ohista-ohista.

Vafo yo‘q dahr bog‘ining guliga berma ko‘nglungni, Bugun tongda ketar, ey bog‘bon, ohista-ohista.

Emas gardunda ra’d ovozikim hijron tuni ichra, Erur ul Ogahiy chekkan fig‘on ohista-ohista.