Sho‘x ikki g‘izolingni...
Sho‘x ikki g‘izolingni noz uyqusidin uyg‘at, To uyqulari ketsun, gulzor ichida o‘ynar.
Tishlabki, soching o‘rdung, ochkanda parishon qil, Ofoq savodinda jon royihasin butrat.
Kulbamga xayafshon kel zulfung qilib oshufta, Anjum sipahin sindur, ofoq ulusin qo‘zg‘at.
Oraz quyoshin ochib, ashki qurug‘an ko‘zni Ko‘p hajrda yig‘latding, bir vaslda ham yig‘lat.
Bir oh ila kul bo‘ldum, ey charx, tilab topib, Farhod ila Majnung‘a oshiqlik ishin o‘rgat.
Xoro tubig‘a yotkung, yo‘q sud agar yuz yil, Ko‘k atlasi ustida jismingni yotib ag‘nat.
Bazm ichra Navoiy ko‘p yig‘lar esa, ey soqiy, Hush eltkuvchi doru jomig‘a aning chayqat.