Muhabbat dashti
To muhabbat dashti bepoyonida ovoramen, Har baliyat kelsa ishq oshubidin, bechoraman.
El netib topqay menikim, men oʻzumni topmamon, Boʻylakim, ishqu junun sahrosida ovoramen.
Qaysi zaxmimgʻa qilursen chora, chun men, ey rafiq, Tiyrboroni baliyatdin sarosar yoramen.
Oh dudi ichra bir uchqun kibi koʻrgan meni, Bildikim, hijron tuniga kavkabi sayyoramen.
Kecha oʻrtansam, sahar faryod qilsam, ne ajab, Ish aro parvonavu bulbulgʻa chun hamkoramen.
Ey xarobat ahli, gar siz mast oʻlub, men boʻlmasam, Ayb emas, nevchunki, siz — mayxora, men — xunxoramen.
Ey Navoiy, bordi deb ahbob taʼjil etma koʻp, It kibi men erishib ul korvonni boramen.