Hayron bo’la qoldim

Ko’z uchi bilan dilbari ra’no manga boqti, — Hayron bo’la qoldim, Yuz nozu karashma bila yor qoshini qoqti, — Sarson bo’la qoldim.

«Jonimni olur bo’lsang ol!» deb yoniga bordim, — Kuldi: «Nari tur!» deb, Bexud qilibon boshima savdosini soldi, — Nolon bo’la qoldim.

Aydimki, yana: «O’rgulayin, qoshima kelsang», — Yuzini o’gurdi, Hushum ketibon ko’zdagi yosh qon bo’lub oqti, — Giryon bo’la qoldim.

Boskan izini ko’zuma surttum nola aylab: — «Dilbar qaydasan?» deb, Chiqmadi sado, ishq o’tini jonima yoqti — So’zon bo’la qoldim.

Oh urdimu aydimki, «Sani qayda toparman izlab?» — Dedi: «Sabr et!» Hech qolmadi sabrim, jigarim suv bo’lub oqti, — Tobon bo’la qoldim.

Mashrabga sahar yori shirin so’z qotib o’tti, — Jondin kecha qoldim, Devona qilib, jonim olib, billah(ki) yiqti, — Qurbon bo’la qoldim.