Ko’rsat jamoling
Ko’rsat jamoling mastonalarg’a, Ishqingda kuygan parvonalarg’a.
Mendin duodur,sendin — ijobat, Jonim tasadduq jononalarg’a.
Ey ko’ngli qattig’,rahm aylamaysan, Qilg’il nazar sen bechoralarg’a.
Mashrab seni deb kechti jahondin, Boshini qo’yub ostonalarg’a.