Nega jonima jafo qilursan...
Nega jonima jafo qilursan? Vaqti o’ldi agar vafo qilursan.
Jonim chiqadur firoq o’tindin Dardimg’a qachon davo qilursan?
Ul zulfni solma yuzung uzra, Kim yuz bila ming balo qilursan.
Bo’ynungda qonim, ki bizni,ey ko’z, Xo’blar bilan oshno qilursan.
Jondin ilikingni, Lutfiy, yuvg’il, Chun ishq bila marhabo qilursan.