Lutfiy: g‘azallar va tuyuqlar
Lutfiy
Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...
Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu, Masaldurkim: «Charog‘ tubi qorong‘u».
Tuturmen ko‘zki, ko‘rsam orazingni, — Ki derlar: «Oqqan ariqqa oqar su(v)».
Yuzungni tuttum ortuq oy-u kundin, «Kishining ko‘zidur, ore, tarozu».
Ko‘zing qonimdin iymanmas, ajabtur, — Ki: «Qo‘rqar, qaydakim qon ko‘rsa hindu».
Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat, — Ki ayturlar: «Tiloganni — tilogu”.