Tagor. Hoy yo‘lovchi qiz
Men bilaman, oh, bilaman seni, Hoy yo‘lovchi qiz! Dengizdan nari ma’buding seni, Hoy yo‘lovchi qiz!
Ko‘rdim: kuz fasli – tong otar chog‘da, Ko‘rdim: ko‘klamda – oy botar chog‘da, Ko‘rdim: qalbimda sirlik uchmohda, Hoy yo‘lovchi qiz!
Yiroq ko‘klarga ko‘zni solaman, Qo‘shiqlaringni tinglab qolaman, Sening yo‘llaringda qurbon bo‘laman, Hoy yo‘lovchi qiz!
Butun dunyoni ko‘rdim men. Mana, Kelib turibman belgisiz elga, Eshiging oldida mehmonman senga, Hoy yo‘lovchi qiz!
Tarjimon: Cho‘lpon