Pushkin. Tikilaman ko‘rganda, darhol...

Tikilaman ko‘rganda, darhol Idrokimni yo‘qotib va lol: Yagona ko‘z mening boshimda, Oy yuzingiz yonar qoshimda, Agar taqdir ko‘rmasa malol, Ega bo‘lsa edim yuz ko‘zga, Bari bilan qarardim sizga.

Tarjimon: Hamid Olimjon