Ilm ista
Kim bilurdi odamu olam nadir, hayvon nechik? Bo‘lmasa erdi agar insonda bu osori ilm.
Qaysi bir mavjuda boqsang bilmoqa kayfiyatin Lozim o‘lgay topmaqa avval o‘qib axbor ilm...
Olamning xurshidi kundir, odamning xurshidi ilm, Olamning zulmoti tundir, odamning nodori ilm.
Har murodu maqsadingga yetmoq istarsan murod, Ko‘z ochib bedor bo‘l, darkor ilm, darkor ilm!
Ul haqiqat oyiniga sayqal istarsan Nihon Ilm ista, ilm ista, istag‘il zinhor ilm!
1914 yil.