Hotam Toi hikoyati

Qofilai bir arabdin magar, Qildi bani Toy hashamina guzar.

Yo‘l ozikib o‘tkali qo‘rqushtilar, Hotami Toy turbatina tushdilar.

Qofilaning o‘rtasidin bir fuzul, Dedi:— Qim-ey Hotami sohib qabul.

Dunyoda nomus ila qilding maosh, Yaxshi oting bo‘ldi karam birla fosh.

Chun sanga mehmonbiz, ey sohib karam, Har nechuk et, bizni og‘irla bu dam.

So‘zladiyu turbatina tikdi ko‘z, Rost hanuz og‘zinda erdi bu so‘z.

Kim, tevalarinda semizroq biri, Bo‘ldi saqat ko‘rgin eranlar siri.

Bo‘ldi yigit so‘zlaganidin xijil, Qo‘p tegura boshladi Hotamg‘a til.

Kim karamin ko‘rga bu holi bila, Io‘lchin og‘irlar kishi moli bila.

Xalq tedi:— Xoja tiling bog‘lag‘il, Qo‘y bu fuzulluqni adab soqlag‘il.

Ul kecha alqissa ne kim xosu om, Edilar ul bisrak etini tamom.

Chun yorudi subhu sahar urdi dam, Tikdi Xo‘tan xisravi oltun alam.

Boqsa yiroqtin ko‘rinur bir g‘ubor, Chiqti arosindin bir ushtur suvor.

El kibi jomozasini yeldirub, Bir sara bisrak teva yondoshtirub.

Ayri yo‘q o‘lgan tevadin bir tuki, Et bila etmak to‘la bisrak yuki.

Qofila xalqiki muni ko‘rdilar, Qelmagining kayfiyatin so‘rdilar.

Dedikim:— Ushbu kecha Hotam o‘zi, Kirdi tushumizga yosharib ko‘zi.

Bizga xabar berdiki, bir mehmon, Keldiyu mandan tiladi bazla xon.

Bir teva burch oldim alardin dedi, Ul tevaning belgularin so‘zladi.

Bizni oshuqturdiki, ham dar zamon, Tong boshida ko‘chqusidur karvon.

Hech nimaga boqmay itikrak surung, Ul tevasining o‘zina yetkurung.

Ko‘rdi egin ul teva uchun malol, Uzr, qo‘lungkim manga qilsun halol