Maqolot (2)

Ey sharaf ichra ikki olamg‘a toj, Etti falak masnadungga, bir davoj.

Taxti xilofatg‘a sazovor sen, Doirai nuqtai pargorsen.

Himmating ul yergaki silkar etak, Ajz ila loilmalano der, malak.

Aql esa sendursen aning maxzani, Ishq esa joningdur aning maskani.

Andaki sen yo‘q eding, ey jon-jon, Hech nima ham yo‘q edi, bilgin ayon.

Xilqat asosindag‘i bu toru pud, Vosita sen bo‘ldingu tobti vujud.

Har ne taayungaki jon berdilar, Hosilini senda nishon berdilar,

Ism desam, ayn musammosi sen, Zot desam, harfi muammosi sen.

Qutu qanoat yo‘lidin olti kun, Kavnu makon bo‘ldi bu ikki ochun.

Qirq saboh ustida hikmat eli, Qildi xamir ushbu vujuding gili.

Olami sug‘ro senu kubro — budur, Durri samin sen-senu daryo — budur.

Sendadur ul ganjki, topmas o‘zung, Sen senu sen g‘ofilu ko‘rmas ko‘zung.

Bir nafas o‘zung bila mashg‘ul bo‘l, Mashg‘ulalardin bori ma’zul bo‘l.

Fikr ayog‘i birla safar qil dame, G‘ayb qazosina guzar qil dame.

Qaydaki yetsang o‘tu bo‘lma muqim, Kim erur andin bori nozu naim.

Say’ qilib har necha borsang yiroq, Har biridur bir-biridan yaxshiroq.

Bilkim erur sayru suluk asli bu, Ushbu safar sonidadur tag‘namu.

Avd qilib tobsang o‘shul sayrdin, Anglag‘osenkim bu uluq dayrdin.

Sen senu sen maqsadu maqsudu bas, Sendin erur borchasi mavjudu bas. ‘

Sen to‘lun oysenu tuningdur chu mig‘, Vahki, o‘zungni tanimassen darig‘.

Shishani solg‘ilki usholsin tamom, Ko‘rgan ichinda ne qolur, vassalom,

Shom nafas chektiyu subh urdi dam, Qoldi aro yerda shafaq muttaham.

Zulfini kesti buti xurshidro‘y, To‘ldi majolis ichida guftugo‘y.

Bog‘ladi ul g‘amza aro yerda roh, Bo‘ldi yalg‘on kishidin bojxoh.

Qildi nido gulyan ichida nasim, Zilzila-tul soati shayun azim.

Menki nazora bila soldum nazar, Ko‘z uchidin boqtimu qildum guzar.

So‘zda iturdim xabarin anglamay, Harfda topdim o‘zuni tinglamay.

Sen dog‘i himmat bila urg‘il qadam, Sayru suluk ichra ko‘tarma alam.

Himmat ul erga nazarlar qilur, Xor sog‘inmaki asarlar qilur.