Mav’iza (4)
Mulk erur dilbaru sohib jamol, Ey xush agar tobmasa erdi zavol.
Bir necha kun dunyoda jon xushlug‘i, Saltanat erur bu jahon xushlug‘i.
Xush ko‘rinub el ichida e’tibor, Kom dilu kavkabau ixtiyor.
Yig‘moq uchun barcha talabgor erur, Qo‘ymog‘u ketmak ishi dushvor erur.
Yig‘sa bo‘lur duzd nihon bo‘lmasa, Dilkash erur bog‘ xazon bo‘lmasa.
Xush nimadur umri baqosi qani?! Shoxu gado birla vafosi qani?!
Davlatu izzat erur, ey xoja bosh, Oqibatul amr buzarlar maosh.
Garchi xush oyanda erur molu joh, Bo‘lmasa, ey do‘st, maolingda choh.
Ko‘rmakka xushtur bu yigitlik guli, Kelmasa so‘ngra qariliq g‘ulg‘uli.
Dunyoda kim kuldi xush, ey hushyor, Kim so‘ngida yig‘lamadi sad hazor.
Qaysi ko‘ngilkim nafas urdi shod, Elga sovurdi kulini tundbod.
Kim, yotibon tinch evinda bir zamon, Kim shabixun urmadi ushbu jahon.
Tsbragali bu falaki tunxo‘, To‘qtamayin evrulodu bosh quyu.
Muncha tuman qonki to‘kar beqiyos, To‘ymadiyu to‘lmadi bu yetti tos.
…Bog‘la bu vayronadin, ey pir, raxt. Qilma tiriklikni o‘z-o‘zunga saxt.
Pir tag‘ayyur bila qildi itob, Silkib, achiq ustida berdi javob.
Bizki bu yo‘l ustida o‘tkuchi biz, Uyla kelduku yana ketguchi biz.
Menki rahm javfida erdim chunin, Ne sen eding anda, ne ruhul amin.
Rizq iyosi yozu kuzu yo qish, Vositasiz qildi meni parvarish.
Ulki yonar o‘tni guliston qilur, Emdi tog‘i qish sovuqini bilur.
Faqru fano davlatida ul g‘ani, Qilmadi muhtoj senga, toki mani.
Gar tama’ etsam senga sendin batar, Rizq dominda kezayin darbadar.
Ey bu siyah hol ichida shuhrarband, O‘g‘ri kibin boshdan-ayoq dar kamand.
Har so‘ngaking bandida yuz ming gireh, Silsilau bandu zireh dar zireh.
Toki ajal kelsa nechuk qilg‘osen, Qoy birini qat’ qilo bilg‘osen.
Keldi bu so‘z shohg‘a behad og‘ir, Tiyra bo‘lib dedikim:—Ey toshbag‘ir.
Sanki, qilursan manga bu sarvanish, Sen nechuk o‘lg‘aysan agar tushsa ish.
Pir tabassum qilibon urdi jo‘sh, To‘tisi uchtigo qafas qoldi bo‘sh…
Shoh bo‘lib so‘zlaganidin hijil, Qo‘btiyu ketti evina munfa’il.