Otmishlarga
(1934 yilda Moskvada Yuqori maktab bitirgan oltmish yigitimizga bagʼishlangʼan)
Ey, 60 bahodir, 60 azamat! Sizga chin koʼnguldan Olqish va hurmat! Ey, 60 azamat,
60 kurashchi! Mashina boshida Kutadi ishchi! Ey, 60 kurashchi, 60 bilimdon! Dalada kutadi Kolxozchi dehqon.
Siz buyuk oʼlkada, Buyuk ishdasiz! Tarixda misli yoʼq Qurulishdasiz!
Bukungi kuningiz Shonli va porloq. Ertagi kuningiz Yana shonliroq!
Siz oʼqib chiqqansiz Yaratmoq uchun; Dunyoni biz tomon Qaratmoq uchun.
Siz oʼqib chiqqansiz Obodlik uchun. Yashatish, yashnatish Va shodlik uchun.
Sizning bilimingiz – Ish bilan birga, Sevinchlar sochadi Osmonga, yerga!
Oʼshqirib kelmaydi Fabrikachi boy. Ishlaysiz ertaning Gʼamini qilmay!
Ertaning ipi ham Oʼz qoʼlingizda. Oʼtilmas gʼov yoʼqdir Bu yoʼlingizda.
Boringiz, bilakni Mahkam shimarib, Yorugʼlik sochingiz, Zulmatni yorib!
Bilimni ish bilan Yasantiringiz! Ishni ham bilimga Xoʼp qondiringiz!
Ey, 60 bilimdon, 60 injener! Ulugʼ vataningga Bilimingni ber!
1934 yil, iyun