Ketkaningda
(Kleo‘patraga)
Ketdingmi manguga tashlab, Qoldimmi qayg‘ularim-la? Hijroning kuyini boshlab Yig‘lovchi cholg‘ularim-la?
Sevgimdan so‘nggi malaklar To‘p-to‘g‘ri ko‘kkami uchdi? Ko‘nglimdan toza tilaklar Yovningmi bag‘riga tushdi?
Ortiq sen mendan uzoqda Ko‘zlarni o‘ynatasanmi? Ortiq sen boshqa buloqda Dillarni qaynatasanmi?
Ortiq sen undagi bog‘da… Ortiq men yakkami qoldim? Faryod yo‘q… barcha jahon jim, Yer yutsa yaxshi shu chog‘da!..
Ketdingmi sen meni tashlab? Qoldimmi qayg‘uni boshlab?
Toshkent. 1922, 26–iyun