Kelinchak

Butun gunohi –

«Ko‘k qarg‘a shohi» Kiyib yurgani…

Dunyo ko‘rkini, O‘yin-kulgini Yaxshi ko‘rgani…

Har kuni sahar

Bog‘chaga chiqar Gullar tergali.

Eriga emas,

– Chunki arzimas! – Dilga bergali…

Bo‘yniga osib, Bag‘riga bosib, Ovungan bo‘lar.

Bir talay g‘amdan, Hasrat-alamdan Sovungan bo‘lar…

Oynakka qarab, Sochini tarab O‘ziga oshiq…

«Shu yerga tegdim, Qaddimni egdim, O‘lganim ortiq!»

Har kun ertalab

Bir talay g‘azab Er o‘lguridan.

Kunduz nag‘masi Qayin onasi

Ko‘milguridan…

Qo‘shni kelinchak Istab halinchak Chiqib qoladir.

O‘ltirib yerga, O‘sha kelinga Hasrat qiladir.

Shunda ochilib, Xiyla sochilib, Ancha yayraydir.

Qayg‘uga to‘lsa, O‘zi jim bo‘lsa… Dutor sayraydir!..

Andijon. 1925, 25–mart