Ikki o‘t o‘rtasida
«Mejdu dvux ogney» (ruscha bir asardan)
Bir tarafda sening ko‘zing kulmoqdadir, ey yulduz! Bir tarafda jigarimni tilmoqdadir, go‘zal qiz,
Sening o‘tkir ko‘zlaring!
Yuksakdagi abadiyat quchog‘ini ochadir, Quyidagi yonib-o‘chish hidlarini sochadir;
To‘g‘ri ekan so‘zlaring –
Ey har zamon odamlarni yuksalishga chaqirgan Va bu qo‘pol miyalarga sig‘olmagan hur vijdon!
Qo‘qon. 1924, 5–oktyabr