Gulsara
Termak istab bir-ikki dasta chechak Gulsara chiqdi qo‘shni boqchasiga. Ilashib bir tikan – shox orqasiga, Yirtilib qoldi shunda shohi etak…
Gulni bermoqchi bo‘ldi sevganiga.
Sevinib, hovliqib, shoshib keldi: «Mana, bir arzimas hadya», – dedi, Sevinib, gerdayib shu qilganiga.
Sevgani ko‘rdi: yirtilibdir etak! Dedi: «Kimlar bilan quvishding sen?» Dedi: «Yolg‘iz tikanni ko‘rdim men…» Dedi: «Menmas sen o‘ylagan tentak!»
Yerga – tuproqqa tushdi guldasta, Sindi qiz qalbi shunda birpasda.
Chimkent. 1924, 13–iyun