Chechak
(Bir kechaning esdaligi)
Yangigina yaproq yorib chiqqan chechak Besh-olti kun har kim uchun tansiq bo‘lur. «Bitdi isi», – deb tashlasa biror tentak, Har kim tepsa, har kim ezsa, u haqlidir! Besh-olti kun ko‘kraklarda ulug‘lanib, «Men go‘zalman, chiroyliman!» – degan gulni, Yerga tushgach, olib ko‘ring… so‘lg‘inlanib, O‘lim tusli rangi bilan istar cho‘lni Va aytarki: «Agar cho‘lda, biyobonda Bir yovvoyi, hidsiz chechak bo‘lsa edim, Uzib olib yerga urmas har inson-da, Keng sahroda o‘zim yashnab, sarg‘ayardim! Har xoin qo‘l meni yerga urmas edi, Har bir oyoq ko‘kragimdan yurmas edi!..»
Toshkent. 1923, 3–mart