Bitdi

Ber qo‘lingni, shu titragan qo‘lim bilan so‘ng daf’a Bir qisayin, so‘ngra ortiq u qo‘llarga tegmoq yo‘q. Ko‘zlaringni so‘ng martaba tushir xira ko‘zimga, Ko‘kragimga kirpiklaring so‘ng martaba otsin o‘q.

Ko‘kimizda hanuz o‘chmay qarab turgan yulduzning Ko‘r yuzini, ayriliqning ko‘zi bilan sarg‘aygan.

Sen ketasan, yulduz o‘char, yolg‘izlikda tashlangan O‘ksigingga hayot bermas yog‘dulari kunduzning.

Ber qo‘lingni so‘ng martaba yolg‘iz qolgan o‘ksikka, Ot o‘qingni so‘ng martaba alam kutgan ko‘ksimga!..

1922-yil