Uch-to‘rtta yulduz
Go‘riston, qorong‘i, zim-ziyo bo‘shliqda Adashgan bir yo‘lchi tasavvur qilingiz! Qo‘rqarsiz! Qo‘rqarsiz!.. Va lekin ufqda Uch-to‘rtta yulduzning o‘chmasdan yarqirab, Nur sochib turgani ko‘rilsa… dilingiz Qo‘rqishdan bir qadar to‘xtar-da, parqirab Ko‘zingiz oldida bir umid ko‘rinur.
Shu umid – qutilish tongining nuridir!..
Buxoro. 1923, 1–may