Toʻfon

(Anatoʻli qishloqisining muzaffar oʻrdulariga)

Ey Inoʻnu, ey Siqarya, ey istiqlol erlari, Milliy misaq olingancha toʻxtamasdan ilgari!

Bilamizkim, jannat kabi tuprogʻingiz yovlarning Goʻdaklarni yastaguchi oyoqlari ostida. Bilamizkim, tovushingiz haqsiz chiqqan dovlarning, Insofsizcha shovqinlarning, hurushlarning pastida.

Bilamizkim, „madaniyat“ beshigida oʻtirgan Jallodlarning butun taʼma va hirslari sizlarda. Bilamizkim, „ozodlik“ deb shovqin qilgan, baqirgan Boʻrilarning och koʻzlari oltin toʻla yerlarda.

Bilamizkim, ular sizni yashamoqqa qoʻymaylar, Bilamizkim, qoningizni tomchi-tomchi ichalar, Bilamizkim, ular sira yuvosh xalqni sevmaylar, Bilamizkim, tuproq uchun insonlikdan kechalar.

Bilamizkim, siz yoʻqsillar soʻng chogʻda Shunday yomon dushmanlarning qoʻlida Mangu asir, mangu tutqun boʻlishni Istamasdan qoʻlga yarogʻ oldingiz. Bilamizkim, qator-qator qishloqlar, Siynasiga non toʻldirgan tuproqlar Oʻt ichinda, shuning uchun oʻlishni Ortiq koʻrub, jonni oʻtga soldingiz. Jonni qonga, oʻqqa, oʻtga soldingiz, Faqat bu kun totli bir oʻch oldingiz, Yana bir qur tarixlarda qoldingiz!

Ey istiqlol, ey Siqarya, ey Inoʻnu erlari, Yur, mazlumlar toʻfonining oʻch olguvchi sellari!..

1922-yil