Togʻda tunadim...
(Vey In she’ri, tarjima)
Shu yuksak tog‘larning boshiga Uchag‘on bulut ham yetolmas. Har tomon tumanli… Quyuq nilgunlik.
Ko‘zlarni xiralik va parda bosmoqda. Tong chog‘i… Bir damda minglarcha daraxtda
– Dam ochib, dam yopib –
Nurlar–la o‘ynar oy. Sanoqsiz tog‘larning ketida Kuzlarning musaffo suvlari Tubanga chopmoqda…
1930-yil