Sirlardan

1

Bir tutam sochlaring mening qo‘limda; G‘ijimlab o‘paymi yo tarab ochay? Sir deb saqlaganing mening qo‘ynimda, Sir deb saqlayinmi yo yelga sochay?

Sochilgan sochingday sochilsa siring, Anor yuzlaringni kimga tutasan? O‘zing-ku: «Ularda vafo yo‘q!» – deding, Nimaga ularni tag‘in kutasan?

2

Ochilgan qo‘ynimda to‘lg‘angan taning Ko‘nglingdan qilcha ham hid yetkizmasa, – Menga yaqinlashma! Ey tirik bo‘sa! «Sevdim», – deganlaring yolg‘ondir sening!..

Toshkent. 1925, 19–yanvar