Shaftoliga

O‘n sakkizga kirgan qishloq qizlarining yuzidek Qip-qizargan yuzlaringdan bir o‘pish ber, shaftoli! Senga qarab turganimda – bir ozgina bo‘lsa ham – Bo‘lmas kabi, yo‘q kabidir… umidimning zavoli!

Umidimning zavoliga qon yig‘lagan ko‘zlarim Yoshlarini yuzlaringga tomchi-tomchi to‘kdimi? Yoki sevgi armonida shahid bo‘lgan yigitning Yesir ruhi qoni bilan lablaringdan o‘pdimi?!

Mayli, sevgan oshiqlaring yuzlaringga to‘ymasin, Lekin raqib lablaringga lablarini qo‘ymasin,

Zaharini quymasin!..

Qo‘qon. 1924, 3–aprel