Qirdan ayrilish

(Yozning tugalishi)

Alvido, ey qulochga sig‘mas yer! Alvido, ey ko‘katga ko‘krak qir! Sen-da so‘lmoqqa yuz tutib qolding, Men-da ketmoqqa ko‘z tutib qoldim… Alvido, “Munda qol!” – degan ko‘krak! Ko‘p og‘ir sendan ayrilib ketmak!..

Chimkent. 1924, iyun