Paranji
Ko‘klam chog‘i bo‘lsa, Oy to‘lsa, Yulduz kulsa, Seni shunda ko‘rsam.
Bir dasta gul bersam, Olsang, Mast nazar solsang, Bir nafas birga qolsang, Abadiy zavqlarga to‘lsam!..
Emsak Yulduzlardan nur! Kiysak Shu’lalardan to‘r! O‘ynasa, kuylasa – Tiniq ko‘ldan chiqib – Bir to‘p pari – hur!
Hoy qiz! Hoy qizga o‘xshagan juvon, Yur! Kim seni o‘ylasa, Borlig‘imni yiqib, Yerlarga ko‘milsin!
Yo‘q bo‘lsin, Yo‘q bo‘lsin, Yo‘q bo‘lsin Paranji! Yirtingiz! Go‘rlarga eltingiz! Yondiring chimmatni, Bo‘g‘masin, To‘smasin Tabiiy ziynatni!
Yo‘q bo‘lsin, Yo‘q bo‘lsin Paranji! Ochilsin, Gullasin, Yashnasin Paranji ostiga berkingan, «Menga ham erk!» – degan Inju, inju!..
Qo‘qon, 1924, 1-oktyabr