Hijron so'zi

Tug’ulub o’sdim bu Vatanda, Vatanim misli yo’q jahonda! Tufrog’lari o’sumlikdur, Manzarasi ko’rumlikdur. Bir tarafda tog’lari bor, Mevasi mo’l bog’lari bor. Tog’laridan konlar chiqar, Yerlaridan donlar chiqar. Suvlaridur tamlu-totli, Mevasi qandu nobotli. Bog’laridur shirin-sharbat, Anjir, uzum, anor, nashvat. Daraxtlari o’sar firosh, Falak uzra ko’tarub bosh. Havosi o’ta yoqimlik, Cho’llari bor toshlik, qumlik. Toshkand emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur. Ishlaganga xazinadir, Dangasaga harinadur. Kecha-kunduz faryod etub, Ishlovchini yotur kutub. O’tar kunlar, o’tar zamon, Ey, Vatanim, bo’lma hijron! Men ketsam-da, sen bo’l omon! Omon Vatan, Vatan omon!